ADDIE modeli nima: 5 bosqich
ADDIE o'quv dasturlarini yaratishda eng ko'p ishlatiladigan tuzilma. Nomi beshta bosqichning bosh harflaridan olingan: Analysis, Design, Development, Implementation, Evaluation.
5 bosqich
| Bosqich | Nima qilinadi |
|---|---|
| Analysis (tahlil) | Kim o'qiydi, nima yetishmaydi, maqsad nima |
| Design (loyihalash) | O'quv maqsadlari, tuzilma, usullar va baholash mezonlari |
| Development (ishlab chiqish) | O'quv materiallarini tayyorlash |
| Implementation (o'tkazish) | O'quvni o'tkazish |
| Evaluation (baholash) | Natijani o'lchash va dasturni yaxshilash |
ADDIE'da tez-tez qilinadigan xatolar
- Tahlilsiz boshlash: materiallar tayyor, lekin kimga va nima uchun kerakligi noaniq.
- Maqsadsiz materiallar: slaydlar ko'p, o'quv natijasi aniq emas.
- Baholashni mamnunlik anketasi bilan cheklash: ishdagi xulq-atvor va biznes natija tekshirilmaydi.
- Modelni qat'iy chiziqli deb o'ylash: amalda bosqichlar orasida qaytib turiladi.
ADDIE qayerda ishlatiladi
Onlayn kurslar, ichki treninglar va onboarding dasturlarida. Kichik vazifalar uchun yengil variant ishlatish mumkin, lekin asosiy fikr o'zgarmaydi: avval tahlil, oxirida baholash.
Mavzuni kursda amaliyot bilan o'rganing
ADDIE "L&D noldan" kursining 6- va 7-darslarida tayyor instrumentlar bilan o'rganiladi: Analysis va Design, so'ng Development, Implementation va Evaluation.
Ko'p so'raladigan savollar
ADDIE faqat onlayn kurslar uchunmi?
Yo'q. Uni trening, workshop va onboarding dasturlarini yaratishda ham ishlatish mumkin.
ADDIE eskirganmi?
Yo'q, lekin ko'p jamoalar uni tezkor yondashuvlar bilan birlashtirib ishlatadi. Asosiy g'oya o'zgarmaydi: tahlil, loyihalash, ishlab chiqish, o'tkazish va baholash.